20 Yanvar 2024 yil 1025

HAR BIR FUQARO BIZ UCHUN MUHIM

Narpay tumanidagi 13-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabida  sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosari va tegishli masʼullar ishtirokida, tuman ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turlarini o‘tayotgan nazoratdagi shaxslarning 125 nafari bilan birga “UMUMPROFILAKTIK” tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida probatsiya nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirishga qaratilgan “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada 4 nafar nazoratdagi shaxslarning bandligi taʼminlandi. Shuningdek, 2 nafar yoshlar kasbga tayyorlash o‘quv markazlariga o‘qishga joylashtirildi. 1 nafar AFV bilan JIEMdan ozod etilgan fuqaro esa, hunarmandlar uyushmasiga aʼzo qilindi.

Text to speech