10 Iyun 2023 yil 933

Avtomashinalar yuvish shoxobchasi ishchisi yuvish uchun qoldirib ketilgan mashinani o‘zboshimchalik bilan boshqarib yo‘l-transport hodisasi sodir etdi

2023-yil 24-iyun kuni fuqaro “Hyundai Santafe" rusumli avtomashinasini yuvdirish maqsadida, avtomashinalar yuvish shoxobchasiga olib borib, mashina va kalitini o‘sha yerda ishlovchi “A” ismli shaxsga tashlab ketgan.

Oradan taxminan 30 daqiqalar o‘tgandan so‘ng, tanishlari unga mashinasi Samarqand shahar Sug‘diyona maskanida noma’lum shaxs tomonidan boshqarilib, “Epica” va “Lacetti” rusumli avtomashinalar bilan yo‘l-transport hodisasiga uchraganligini aytishgan.

Xabarni eshitib fuqaro voqea joyiga borganida haqiqatdan ham “A” ismli avtomashina yuvish shoxobchasi ishchisi, unga tegishli bo‘lgan avtomashinani shoxobchadan o‘zboshimchalik bilan boshqarib chiqib, yo‘l-transport hodisasi sodir etganligi ma‘lum bo'lgan.

Fuqaro holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB ga ariza bilan murojaat qilib, “A” ismli shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyga Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tergov-tezkor guruhi chiqib, voqea joyi ko‘zdan kechirilib, avtomashinalar jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229-moddasi (O‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech