Bayram munosabati bilan ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylardagi xavfsizlik darajasi o‘rganish ishlari davom etmoqda
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik
Rahmat Mamatov hamda viloyat prokurori
Murodqosim Eshnazarovlar tomonidan "Yangi yil" bayrami munosabati
bilan ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylardagi xavfsizlik darajasi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Bugun sektor rahbarlari
Nurobod tumanining markazish ko‘chalaridagi
ommaviy
tadbirlar o‘tkaziladigan joylarini ko‘zdan kechirishdi. U yerlarda xizmat olib borayotgan xodimlar faoliyati
o‘rganildi.
Tumanning markaziy "Yangi yil archasi" atrofida ko‘rilgan barcha turdagi
xavfsizlik chora-tadbirlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida,
tadbirlar o‘tkazish davrida ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish, yong‘in xavfsizligi
ta’minlash, aholini xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, "Yangi
yil" bayrami kechasi xavfsizlik choralarini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga
bir qator vazifalar yuklatildi.
Shundan so‘ng, xizmatga jalb etilgan xodimlar bilan xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.