Bayram arafasida Samarqand viloyati ichki ishlar organlarining 130 nafar faxriylari, ustoz va murabbiylarning yashash xonadonlariga tashrif buyurilib, holidan xabar olindi
Yoshi ulugʻ insonlar, ustoz-murabbiylarga hurmat-ehtirom koʻrsatish xalqimizning asriy qadriyatlaridan sanaladi. Bu anʼana mamlakatimizda nishonlanadigan bayramlar arafasida yanada yaqqolroq namoyon boʻladi.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida ham bu yilgi bayram tadbirlari oʻzgacha koʻtarinkilikda oʻtkazilmoqda.
“Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan faxriy xodimlar holidan xabar olish, ularga xush kayfiyat ulashish maqsadida viloyat IIB boshligʻining alohida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
Ayni kunlarda viloyat IIBning sohaviy xizmatlari hamda barcha shahar-tuman IIB rahbarlari ustoz va murabbiylar, faxriylar xonadoniga borib, ularni bayram bilan tabriklashmoqda. Faxriylarga viloyat IIB boshligʻining bayram tabrigi yetkazilib, sovgʻalar ulashilib, bayram dasturxonlari yozilmoqda.
30-sentabr kuni bayram arafasida 130 nafar ichki ishlar organlarining faxriylari, ustoz va murabbiylarning yashash xonadonlariga tashrif buyurilib, holidan xabar olindi.
Bu kabi xayrli tadbirlar viloyatning barcha shahar-tuman IIBlari hamda sohaviy xizmatlarida davom etmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati