Bedarak yoʻqolgan qiz topildi
IIB ning rasmiy kanali @samiibuz orqali Samarqand shahar Qir mahallasi Bogʻimaydon koʻchasida ota-onasi bilan birgalikda yashab kelgan, 2005-yilda tugʻilgan N.Toʻraqulova ota-onasi bilan urushib qolib, 2021-yil 17-oktyabr kuni soat taxminan 19:30larda hech kimga aytmasdan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, bedarak yoʻqolganligi toʻgʻrisida xabar bergan edik.
Xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgandan soʻng, koʻplab tarmoq faollari, yurtdoshlarimiz bunga befarq boʻlishmadi.
Bugun soat 21:00 larda bir fuqaro telefon orqali qoʻngʻiroq qilib, ushbu qiz yo'qolganligi toʻgʻrisidagi eʼlonni “Qalampir.uz” saytida koʻrganligini aytib, qiz to'g'risida ma'lumot bergan.
Qoʻngʻiroqdan soʻng, soat tungi 3:00 larda viloyat IIB JQB hamda YHXB xodimlari Nixola turgan joyni aniqlab, uni sogʻ-salomat IIB ga olib kelishdi.
Hozirda qizga ijtimoiy, psixologik yordam koʻrsatish choralari koʻrilmoqda.
Samarqand viloyati IIB barcha ijtimoiy faol vatandoshlarimiz, jurnalist va blogerlar
ga, shu oʻrinda “Qalampir.uz” saytiga alohida minnatdorchilik bildiradi.
IIB Axborot xizmati