1 Sentyabr 2025 yil 146

“Bilimlar kuni” tadbirlari davomida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazilib, kuch va vositalar xizmatga jalb etildi

Samarqand shahrida “Bilimlar kuni” tadbirlarini munosib va xavfsiz tarzda o‘tkazish maqsadida yo‘riqnoma o‘tkazildi. Unda ta’lim muassasalarida tinchlik va tartibotni ta’minlash, turli noxush holatlarning oldini olish hamda bolalarning xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.

Yo‘riqnomada Samarqand shahar hokimi, Ichki ishlar boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbarlari, shuningdek, huquq-tartibot idoralarining shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Tadbir doirasida maktablar atrofida jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yong‘in va favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, xizmatga jalb etilgan kuch va vositalarning tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.

Mazkur chora-tadbirlar Bilimlar kunini ko‘tarinki ruhda va xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda o‘tkazishga xizmat qiladi.

Text to speech