Samarqand viloyati IIB boshligʼi Rahmat Mamatov tomonidan bir guruh IIB xodimlarining farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi
Samarqand viloyati IIB boshligʼi Rahmat Mamatov tomonidan bir guruh IIB xodimlarining farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qaroriga asosan, ichki ishlar organlarida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun munosib hissa qoʼshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan Samarqand viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga taʼlim muassasalariga oʼqishga kirish uchun tavsiyanomalar berildi.
Tavsiyanomani qoʼlga kiritgan xodimlar va ularning farzandlarini Samarqand viloyati IIB boshligʼi polkovnik Raxmat Mamatov samimiy muborakbod etib, kelgusi oʼqish va ishlarida omadlar tiladi. Tavsiyanomani qoʼlga kiritgan yoshlarning quvonchi cheksiz.
Hukumatimiz tomonidan ichki ishlar organlari xodimlariga yaratib berilayotgan shart-sharoitlarga javoban har bir xodim doimiy ravishda oʼz ustida ishlab, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishi, oʼzini Vatan taqdiriga daxldor deb bilib, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini taʼminlash yoʼlida bor bilim va tajribasini safarbar etishi talab etiladi.
Tadbir asnosida ana shu kabi tuygʼularni har bir xodim yana bir bor masʼuliyatli vazifa ekanini chuqur his etdi.