17 Iyul 2023 yil 1052

Bir tashkilotga tegishli bo‘lgan yerni o‘ziniki deb uni 160 ming AQSH dollariga sotayotgan ikki fuqaro huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olindi

Joriy yilning 14-iyul kuni, fuqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilib, u tadbirkorlik qilish maqsadida bo‘sh yer maydoni izlab yurgan vaqtida, Oqdaryo tumanida yashovchi ikkala fuqaro uning ishonchiga kirib, Dahbed massivi hududida joylashgan MCHJga tegishli 3 gektar yer maydonini o‘ziniki deb ishontirib, 150.000 AQSH dollariga sotishini, 10 ming AQSH dollari evaziga tuman hokimligida ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga issiqxona uchun hujjat rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 40.000 AQSH dollari miqdoridagi pulni talab qilib kelayotganligini ma’lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Shu kuni, Samarqand viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi, DXX viloyat boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida, Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, ikkala fuqaro ariza muallifidan 40.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda

Text to speech