Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan yigilish o‘tkazdi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan yigilish o‘tkazdi
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda dastlab o‘tgan davr mobaynida viloyat hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari, jumladan, odam o‘limi hamda tan jarohati bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olish ishlari, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi.
Tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarning o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi, har bir YPX inspektorining vijdonan va adolatli ish olib borishi to‘g‘risida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish, ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik, belgilangan tartib va me’yorlarni buzmaslik to‘g‘risida ham tanqidiy va asosli fikrlar aytildi.
Bundan tashqari, yo‘llarda tartibbuzar haydovchilarni kamaytirish, guruh-guruh bo‘lib harakatlanayotgan avtoulovlarni tartibga solish, harakat xavfsizligiga raxna solayotgan har qanday holat va qo‘pol qoidabuzarlik sodir etayotgan haydovchilarni ma’muriy jazoga tortish, eng asosiysi fuqarolar o‘limi bilan bog‘liq YTH oldini olish yuzasidan topshiriqlar berildi.