29 Iyul 2025 yil 2217

Bolalar ishtirokida yuz berayotgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Bolalar ishtirokida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, ularning yo‘l harakati qoidalariga bo‘lgan bilimini oshirish maqsadida Samarqand tumanidagi “Samarqand” bolalar oromgohida keng qamrovli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida mutaxassislar bolalarga yo‘l harakati qoidalari, xavfsizlik kamarlari, piyodalar yo‘laklaridan to‘g‘ri foydalanish, avtobus va avtomobillarda xavfsiz yurish qoidalari haqida amaliy ko‘rsatmalar berishdi. Shuningdek, bolalar bilan interaktiv savol-javoblar o‘tkazildi.

Mazkur tashabbus yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa, yozgi dam olish mavsumida bolalarning xavfsizligini kuchaytirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech