Bolani parvarishlash ta’tillari muddati hammasini jamlaganda olti yildan oshmagan holda xodimning xizmat stajiga qo‘shiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-10-sonli Qarori tizimda xizmat qilayotgan xotin-qizlarga ham bir qator imkoniyatlar yaratildi.
Xususan, bolani parvarishlash ta’tillari muddati hammasini jamlaganda olti yildan oshmagan holda xodimning xizmat stajiga (shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha xizmat stajiga ham) qo‘shilishi belgilandi.
Mazkur norma kiritilgunga qadar ushbu muddat uch yilni tashkil etib, bolani parvarishlash uchun ta’tilga chiqqan xotin-qizlarga bir qancha noqulayliklar tug‘dirar edi.
Chunki xodimning xizmat muddati kalendar hisobda yigirma yilga yetganidan so‘ng, o‘tagan xizmat muddati uchun pensiya olish huquqiga ega ekanligi belgilangan bo‘lib, bolani parvarishlash ta’tillari muddati uch yildan oshgan xodimalarning bolani parvarishlash ta’tillari davridagi xizmat yillari kalendar hisobdagi xizmat muddatiga qo‘shilmas edi.
Endilikda bolani parvarishlash ta’tillarining jamlangandagi muddati uzaytirilib, xodimlarga bir qator imkoniyatlar yaratildi.
Umida Urinbayeva, IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻining oʻrinbosari.