Bulung‘ur tumani IIB xodimlari tomonidan qarovsiz qoldirilgan chorva mollarini o‘g‘irlash bilan shug‘illanuvchi shaxslar qo‘lga olindi
Joriy yil 21-may kuni
Bulung‘ur tumani Nebo‘sa MFYda yashovchi fuqaro Samarqand viloyati IIBning
“102” operatoriga murojaat qilib, shu kuni qishlog‘ining dala maydonida qarovsiz
qoldirilgan bozor narxi taxminan 5 million so‘m bo‘lgan bir bosh qoramolini no’malum
shaxs o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holatni o‘rganish
maqsadida Bulung‘ur tuman IIB tergov-tezkor guruhi zudlikda voqea joyiga yetib borgan
hamda tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning
169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ushbu jinoyatni issiq
izidan fosh etish maqsadida Bulung‘ur tuman IIB tezkor-qidiruv xizmati xodimlari
tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni Urgut tumani Mo‘minobod
mahallasida yashovchilar fuqarolar oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, sodir
etganligi aniqlangan.
Ushbu jinoyatni sodir
etgan shaxslar bilan o‘tkazilgan surishtiruv ishlari davomida, ular muntazam ravishda
shu turdagi o‘g‘irlik jinoyatlarini sodir etib kelganligini, xususan Bulung‘ur tumani
Nurli yo‘l mahallasida yashovchi fuqaroga tegishli bo‘lgan bir bosh qoramolini,
shuningdek Tayloq tumanida ham bir nechta chorva mollarini o‘g‘irlaganligini bayon
qilib, o‘z qilmishlarini tan olgan. Ular bergan ko‘rsatmaga asosan o‘g‘irlangan
chorva mollari daliliy ashyo tariqasida hujjatlashtirib olindi.
“Qing‘ir ishning qiyig‘i
qirq yilda ham chiqadi” deganlaridek, ushbu qing‘irlikning qiyig‘i uzoqqa cho‘zilmadi.
Ular endi qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi.
Bu kabi jinoyatlarning
sodir etilishida fuqarolarning beparvo va loqaydligi ham o‘g‘rilik sodir etayotgan
shaxslarga qo‘l keladi.
Hurmatli yutdoshlar! Siz ham bu kabi jinoyat qurboniga aylanib qolmaslik uchun, chorva mollaringizni qarovsiz qoldirmang.