11 Aprel 2022 yil 567

Bulung‘ur tumani IIBda uch avlod vakillari uchrashdilar

Bulung‘ur tuman ichki ishlar bo‘limida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Bunda ichki ishlar bo‘limi xodimlari, tizimda faoliyat yuritib, nafaqaga chiqqan faxriylar va yosh kadrlar ishtirok etdi.

“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostidagi “Maʼnaviyat oyligi” doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirdan kutilgan maqsad xodimlar xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, tarbiyaviy ishlar samaradorligini yanada oshirishdan iborat.

Tadbirda, ichki ishlar organlarining bugungi kundagi nufuzi, tizimni rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xodimlarni moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar xususida so‘z yuritildi. Shu kabi faxriy xodimlar o‘z faoliyatlari davomida orttirgan tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Text to speech