23 Avgust 2021 yil 783

Bulung`ur tumani hokimi profilaktika inspektorlari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Bulung`ur tumani hokimi Baxodir Baxramov tumanda faoliyat olib borayotgan ichki ishlar organlari mahalla huquq tartibot maskanlari profilaktika (katta) inspektorlari bilan uchrashib, mahallalarda olib borilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, Prezident qarorlarida belgilab berilgan profilaktika inspektorlarining xizmat va turmush sharoitlarini yaxshilash va ularga yetarli shart-sharoitlarni yaratib berish borasidagi vazifalarning ijrosini muhokama qildi.

Uchrashuv davomida hokim har bir profilaktika inspektori bilan suhbatlashdi va ularni qiynab kelayotgan tizimli muammolarni oʻziga qayd etib, ushbu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan bildirilgan barcha takliflarni birma-bir muhokama qilib, masʼullarga muddatlari aniq belgilangan manzilli topshiriqlar berdi.

Uchrashuv davomida koʻrib chiqilgan har bir masala va bildirilgan takliflar yuzasidan qarorlarni tayyorlash va ijroga qaratish yuzasidan kelishib olindi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech