30 Iyun 2025 yil 975

Bulung‘ur tumanida xavfsiz muhitni taʼminlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar sarhisob qilindi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Rahmat Mamatov rahbarligida Bulung‘ur tumanida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va xavfsiz ijtimoiy muhitni shakllantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joriy yilning dastlabki olti oyi davomida erishilgan natijalar muhokama qilindi.

Tadbir davomida tumanda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, fuqarolarning osoyishta hayotini taʼminlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashda profilaktik choralarni kuchaytirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Polkovnik Rahmat Mamatov o‘z chiqishida jinoyatlarning kamayishi, huquqbuzarliklarning oldini olishdagi ijobiy o‘zgarishlar, profilaktik ishlar samaradorligi va ichki ishlar organlari xodimlarining masʼuliyatini alohida taʼkidlab o‘tdi. Shu bilan birga, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan rejalar ham eʼlon qilindi.

Muhokama yakunida kelgusi davrda tumanda xavfsizlikni yanada mustahkamlash, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, yoshlar bilan tizimli ishlash hamda profilaktik tadbirlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.


Text to speech