18 Dekabr 2021 yil 819

Bulung`urda yer sotish bilan bogʻliq jinoiy holatga chek qoʻyildi

2021-yil 12-dekabr kuni soat 13:30 larda Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi hamda DXX Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Bulungʻur tumanida yashovchi fuqaro “Sh.B.” sotish huquqiga ega boʻlmay turib, oʻziga tegishli 50 sotix yer maydonini 34.000 AQSH dollariga mahalliy fuqaroga sotishga kelishib, undan 10.000 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ushbu pulning 3.000 AQSH dollari maʼlum boʻlishicha, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Davlat kadastrlar palatasi Bulungʻur tumani filialining yuqori lavozimida ishlovchi xodimi ushbu yer maydonini tegishli kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 3.000 AQSH dollari talab qilgan.

Olingan koʻrsatmalar asosida tadbir davom ettirilib, Davlat kadastrlar palatasi Bulungʻur tumani filiali xodimi 3.000 AQSH dollarini oʻz xizmat avtomashinasida olgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi

Text to speech