Bulungʻurda tovlamachilik bilan shugʻullanib kelayotgan guruh faoliyatiga chek qoʻyildi
Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan Bulungʻur tumani markazida joylashgan “Bulungʻur dehqon bozori” hududida ikki nafar shaxslarning fuqarolardan litsenziyasiz kirakashlik faoliyati bilan shugʻullanayotganligi uchun doimiy ravishda tovlamachilik yoʻli bilan pul talab qilib kelayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot olingan.
Mazkur holat boʻyicha 2021-yil 23-dekabr kuni Bulungʻur tumani “Bulungʻur dehqon bozori” oldida Samarqand viloyati IIB hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda fuqaro I.K., I. ismli shaxsdan kunlik talab qilib kelayotgan 40 000 soʻm pullarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Fuqarolar I. K. va A.K. lar Bulungʻur tuman IIBga olib kelinib, xolislar ishtirokida yon choʻntaklari koʻzdan kechirilganda choʻntaklaridan tadbir uchun ishlatilgan maxsus ishlov berilgan pullar ekanligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.
Shuningdek, I. K. va A.K. lar bilan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, ular “Gulbahor opa trans” MCHJ xodimlari 17 ta taksi avtomashinalariga ruxsati boʻlishiga qaramasdan, 100 ga yaqin taksi avtomashinalardan kunlik 40 ming soʻmdan pul mablagʻlarini noqonuniy ravishda undirib, MCHJning rahbari X.G.ga berib kelishini va oʻzlarining shaxsiy manfaatlari yoʻlida ishlatib kelayotganligini maʼlum qildi.
Surishtiruv ishlari davomida, ushbu “Gulbahor opa trans” MCHJda pul terish ishlari bilan shugʻullanuvchi yana 3 nafar fuqarolar X.Sh., H.S. va B. A. lar aniqlanib, tuman IIBga olib kelindi.
Bundan tashqari, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Bulungʻur tumani markazida joylashgan bekatlarda pul yigʻish bilan shugʻullanuvchi Dj.B. bilan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, u “Bahora avto yoʻlovchi” XKda ishlashini va yoʻnalishiga qarab kunlik “stoyanka” xaqqi uchun har bir avtomashinadan kunlik 2 ming soʻmdan 4 ming soʻmgacha, litsenziyasiz faoliyat olib borishlari uchun esa har bir avtomashina egasidan kunlik 20 ming soʻmdan 50 ming soʻmgacha naqd pul mablagʻlarini terib olishini va jamiyat rahbari E.A. ga topshirishini maʼlum qilgan.
Shundan soʻng, “Bahora avto yoʻlovchi” XK direktori E.A. ushlanib, shaxsiy tintuv qilinganda, uning yonidan taksi avtomashinalarini yozib boruvchi daftar, ruchka va 670 ming soʻm pullar borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holatlar boʻyicha olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv davomida, I. K. va ukasi A.K. lar bir guruh boʻlishib, 2021-yil 28-avgust kuni soat 13:30 larda jamoat joyi hisoblangan Bulungʻur tumani “Mehrjon” mahallasi hududida jamiyatda oʻrnatilgan odob-axloq normalariga zid ravishda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, hech bir sababsiz fuqaro D.R. ning tanasining turli sohalariga urib-doʻpposlashib, unga tan jarohati yetkazishganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Bulungʻur tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan I. K. va A.K. larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qismi “v” bandi va 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumon qilinuvchilar JPKning 221-moddasi tartibda ushlangan.
Tadbirning qolgan 6 nafar ishtirokchilariga nisbatan 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati