16 Sentyabr 2023 yil 2860

"Challange Samarkand" xalqaro musobaqalari ikkinchi kuni boshlanish arafasida

Tadbirda Samarqand viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan namunali jamoat tartibi saqlanmoqda.

Ushbu nufuzli tadbir respublikani sport olamida yangi bosqichga olib chiqib, Jahon triatlon reytingida mamlakatimizning munosib oʻrin egallashiga katta ishonch bildirilyapti.

Dunyoning 35 ta davlatidan tashrif buyurgan 2 000 nafarga yaqin sportchilar 1,9 km. suzish, 86 km. velosiped, 21,5 km. yugurish yoʻnalishlarida bellashmoqda.

Bugun ishtirokchilar Samarqand shahar bo'ylab velosipedlarda belgilangan masofani bosib o'tishadi.

Text to speech