14 Aprel 2022 yil
774
Davlat kadastrlari palatasi Nurobod tuman filiali mutaxassislari pora bilan ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi, IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boʻlimi hamda Departament xodimlari hamkorligida Davlat Kadastrlar palatasi Nurobod tuman filiali mutaxasislari, Nurobod tumanida yashovchi 1991-y.t. “B.A.” va 1992-y.t. “F.X.”lar mahalliy fuqaroga tuman hududidagi 1 gektar yer maydonining 6 sotix qismiga soxta kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, undan 2 mln. soʻm miqdordagi pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda, yuqoridagi shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.