3 Oktyabr 2023 yil 4190

Davlatimiz rahbarining tashabbusiga asosan hududlardagi tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda

Davlatimiz rahbarining tashabbusiga asosan hududlardagi tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Ushbu islohatlarni birgina – viloyat 3-sektoriga qarashli Pastdarg‘om tumanining Olti qahramon mahallasida ko‘rishimiz mumkin.

Mazkur mahallada Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov sohaviy tashkilotlar vakillari, tuman sektor rahbarlari va mahalladagi “beshlik”dan iborat Ishchi guruhi xonadonma-xonadon yurib, aholi muammolarini o‘rganish va hal etish ishlarini amalga oshirmoqda.

Shuningdek, mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, mahalladagi ijtimoiy ob’yektlar va aholi xonadonlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirilib, unda aniqlangan kamchiliklarni tezkorlikda bartaraf qilishlik yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Text to speech