13 Sentyabr 2023 yil 892

Davlatimiz rahbarining hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash orqali aholining osuda hayotini taʼminlashga qaratilgan topshiriqlarining ijrosini ta‘minlash maqsadida Samarqand viloyati IIB boshligʻi va viloyat prokurori mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i  polkovnik Rahmat Mamatov va viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarov Samarqand shahrining "qizil toifa"dagi mahallalarida bo‘lib, hududlarni jinoyatlardan holi maskanga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.

Hududlarda “Xavfsiz tun” tezkor-profilaktik tadbirlarini kuchaytirilgan tartibda o‘tkazish, fuqarolar osoyishtaligini saqlash, borasida berilgan zarur ko’rsatma va topshriqlar ijrosi o‘rganilmoqda.

Bundan tashqari, jinoyatchilikni jilovlash va aholi osoyishtaligini taʼminlash uchun bevosita huquq-tartibot idoralari tomonidan jamoatchilik bilan hamjihatlikda yangi amaliyot uslublarini amaliyotga joriy qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqilmoqda.

Text to speech