Yosh xodimlar qasamyod qabul qilishdi
2023-yilning 11-dekabridan 2024-yilning 11-yanvariga qadar Samarqand viloyati ichki ishlar organlariga ofitserlik va safdorlik lavozimlariga qabul qilingan yosh xodimlar bilan IIV Xalqaro aeroportiga qarashli hirbiy qism bazasida boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik kurslari bo‘lib o‘tdi.
Xodimlar bilan o‘tkazilgan o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar yakunida ularning olgan bilimlari yana bir karra sinovdan o‘tkazildi.
Imtihon jarayonlarida ular bir oy davomida olgan bilimlarini yanada mustahkamlab olishdi.
Shundan so‘ng boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik kurslarida bir oy davomida qatnashgan 47 nafar xodimlarning barchasi yurtga sadoqat bilan xizmat qilishga qasamyod qildi.
Qasamyoddan so‘ng ularning har biriga boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganlik to‘g‘risida sertifikatlar IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘ining 1-o‘rinbosari polkovnik Ulug‘bek Rasulov hamda Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Faxriddin Raxmatovlar tomonidan topshirildi.
Tadbir yakunida barcha qatnashchilar harbiy orkestr jo‘rligida tantanali ravishda saf tortib o‘tishdi.
Ertadan ular xizmat vazifalarini davom ettirishadi.