Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tizimdagi yosh xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ilmga intilish,
fan sirlarini o‘rganish, mehnat qilish insonni komillikka eltadi. Orzu bilan yashab,
maqsad sari intilgan kishi muvaffaqiyatlarga erishadi.
Samarqand viloyat
ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Rahmat Mamatov tizimda xizmat olib borayotgan
yosh xodimlar bilan uchrashuv doirasida ana shunday so‘zlarni alohida ta’kidladi.
30-iyun –Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan mazkur uchrashuvda yurtimizda
yoshlarga juda katta e’tibor berilayotgani, bundan esa kelajagimiz bunyodkorlari
bo‘lgan yoshlar unumli foydalanishlari zarurligi qayd etildi.
Yoshlarni
ham ma’nan, ham jismonan barkamol qilib tarbiyalash barchaning birday vazifasi
va mas’uliyati hisoblanadi. Ichki ishlar libosini kiyib mas’uliyat va sharaf ila
osoyishtalik yo‘lida xizmat qilayotgan yosh xodimlarga yurtni sevish, uning tinchligini
ta’minlash borasida ahamiyat qaratishi lozim bo‘lgan jihatlar, kasbini aziz ko‘rib,
burchiga sadoqat bilan faoliyat olib borishi xususida gapirildi.
Boshqarma boshlig‘i
O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar mamlakatiga aylangani, har bir yosh munosib qo‘llab-quvvatlanayotgani,
ularning muammo va masalalari hal etilayotgani, taklif va tashabbuslarini yuzaga
chiqarishda ko‘maklashilayotgani, iqtidor va iste’dodi rag‘bat topayotganligini
hayotiy misollar orqali tushuntirdi. O‘z navbatida yoshlar davlatimiz rahbarining
yoshlarga bildirgan ishonchini aql-zakovati, yuksak tafakkuri, intilishlari orqali
oqlashlari lozimligini qayd etdi. Tizimda xizmat olib borayotgan yosh xodimlarni
o‘z ustida ishlash, bilim olishdan to‘xtamaslik, mutolaaga oshno bo‘lish, kasbiy
mahorat va ko‘nikmalarini boyitib borishga da’vat etdi. Shuningdek, tizimda chet
tillarini biladigan yosh xodimlar sonini ikki barobarga ko‘paytirish, yosh kadrlar
zahirasini shakllantirish, yoshlar kengashini tashkil qilish borasidagi rejalar
xususida ham ma’lumot berildi.
Bundan tashqari,
biz bilan bir safda xizmat qilib kelayotgan, Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz Turizmni ta’minlash boshqarmasi jamoat
tartibini saqlash bo‘limi inspektori kichik serjant Baxromov Islom Ismoiljon o‘g‘li, Parijda bo‘lib
o‘tadigan 33-Olimpia o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani e’tirof etildi.
Uchrashuv doirasida
yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.