17 Iyul 2023 yil 718

E ’ L O N !

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-aprel kunidagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5076-son Qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan, yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan (o‘ttiz yoshdagi ham) oliy ma’lumotga ega, harbiy xizmatni o‘tagan (erkaklar uchun), sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha ichki ishlar organlarida xizmat qilishga yaroqli deb topilgan, dastlabki va maxsus-professional tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxslar hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari o‘qishga qabul qilinadi.

O‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlardan arizalar qabul qilish 2023-yilning 15-iyul kunidan
15-avgust kuniga qadar (15-avgust kuni ham) viloyat IIB ma’muriy binosida amalga oshiriladi.

Murojaat uchun: 66-223-59-47, 66-223-59-41.

Text to speech