"Yoshlar kuni" munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan jamoat tartibi saqlanmoqda
Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va intellektual salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadida mamlakatimizda har yili 30-iyun sanasida keng nishonlanayotgan “Yoshlar kuni” munosabati bilan Samarqand viloyatida ham keng ko‘lamli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari va ijodiy uchrashuvlar yuqori saviyada, o‘zgacha shukuh va ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi..
Mazkur tadbirlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning ijtimoiy faolligini yanada kuchaytirish, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgan.
Tadbirlar davomida ishtirokchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari yuqori mas’uliyat, sergaklik va professionallik bilan xizmat olib borishdi
Ular tomonidan jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning osoyishtaligini kafolatlash hamda sayyohlar va mehmonlar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilildi.