15 May 2024 yil 1447

Yoshlar masalasi bugun ustuvor vazifalardan biri

Mutasaddi rahbarlar tomonidan ertamiz egalarining tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning  muammo va kamchiliklarini bartaraf etish, murojaatlariga ijobiy yechim topishga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Yoshlar  bilan ishlash tizimini tashkil etishda individual yondashuv, aniq belgilangan chora-tadbirlar ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishida muhim o‘rin tutadi. Davlatimiz rahbarining topshirig‘i asosida barcha rahbarlarga mazkur ishlarni jadal sur’atlarda olib borishi uchun yoshlar biriktirib berilgan.

Shunga muvofiq, Samarqand shahrida viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov ishtirokida rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi. 

Yuzma-yuz suhbat davomida yoshlar ishga joylashish, avtomobil yuvish va ta’mirlash  uchun uskunalar olishga ko‘maklashish yuzasidan murojaat qilishdi. 

O‘zaro muloqotda boshqarma boshlig‘i yoshlarni turli yot oqimlar ta’siridan asrash, terrorizm va jinoyatchilikning boshqa turlari ta’siriga tushib qolmaslikka chaqirdi. O‘qib, bilim olish, kasb-hunar egallash ustuvor maqsadga aylanishi lozimligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida yoshlarning aniqlangan masala va muammolarini tizimli ravishda bartaraf etish borasida soha mas’ullariga vazifalar topshirildi. 

Bu kabi uchrashuvlar davom etmoqda.

Text to speech