«Yoshlar oyligi» doirasida Samarqand viloyati ichki ishlar organlarining bir guruh xodimlari viloyatdagi tarixiy qadamjolarga sayohat qilishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi Qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda 2025-yil 1-iyundan 30-iyun kunigacha barcha ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan «Yoshlar oyligi»doirasida Samarqand viloyati ichki ishlar organlarining bir guruh xodimlari viloyatimizdagi tarixiy qadamjolarda bo‘ldilar.
“Ma’naviyat marshruti” bo‘ylab Registon majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda va Hazrati Hizr ziyoratgohiga tashkil etilgan sayohatda xodimlar boy madaniy tariximiz, buyuk ajdodlarimizdan qolgan ulkan meros bilan yaqindan tanishdilar. Bu esa ularning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini yanada boyitdi.
«Yoshlar oyligi» doirasidagi tadbirlar viloyatimizdagi barcha IIBlarda davom etmoqda.