Yoshlarning muammolari bilan ishlash, ularning takliflarini qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
Samarqand shahridagi Qorasuv massivida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik"
shiori ostida o‘tkazilgan yoshlar festivalida yoshlar bandligini ta’minlash va ijtimoiy
himoyaga muxtoj yoshlarga moddiy yordamlar ko‘rsatish borasida jonbozlik ko‘rsatayotgan
soha vakillari taqdirlandi.
Ular
qatorida Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB ham bu boradagi tashabbuslari uchun taqdirlandi.
Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tadbirkorlar homiyligida 320 nafar yoshlarni
ishga joylashtirilib bandligini ta’minlagan.
Yoshlarni tadbirkorlik
faoliyatini yo‘lga qo‘yishda Xunarmandlar mahallasida yashovchi 6 nafar yoshga tadbirkorlik faolyatini o‘rgatib
kelinmoqda.
Shuningdek, ularni ta’lim olishlari, sog‘liklarini
tiklashlari, startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasida ham amaliy yordamlar
ko‘rsatilgan.
Bu boradagi amaliy ishlar sektor rahbarlari
tomonidan davom ettirilmoqda.