11 Iyun 2025 yil 699

E’lon

O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyrug‘iga asosan endilikda Samarqand viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi veterinar shifokor va veterinar feldesheri tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli  itlarni ularning murojaatlariga asosan vaqtincha saqlash va veterinariya davolash profilaktika ishlarini belgilangan tartibda ikki tomonlama shartnoma asosida amalga oshirib, shartnomaga muvofiq, veterinar pullik xizmat ko‘rsatish tariflari bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan belgilanib vazirlik tomonidan tasdiqlangan. 

Murojaat yuzasidan dastavval jismoniy yoki yuridik shaxsga ko‘rsatilgan veterinar pullik xizmat bo‘yicha shartnoma shartlari va xizmat ko‘rsatish tariflari bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan amalga oshirilishi bo‘yicha tasdiqlangan  kalkulyatsiya bilan tanishtirilib, pullik xizmat ko‘rsatish faqatgina viloyat IIBning tegishli hisob raqamiga pul o‘tkazish, ko‘chirish yoki bank  orqali to‘lov orqali amalga oshirilishi  tushuntirilib, o‘zaro kelishuv  va rozilik bilan amaldagi qonunchilikda belgilangan shartlar asosida ikki tomonlama shartnoma tuziladi. 

Tuzilgan  shartnomaga asosan jismoniy  yoki yuridik shaxsga tegishli itning  pasporti ko‘zdan kechirilib, pasportdagi  yuqumli va yuqumsiz kasalliklarga chalinishining oldini olish maqsadida emlanganlik holati bo‘yicha kiritilgan qaydlarga  e’tibor qaratilib, emlash ishlari o‘z vaqtda amalga oshirilgan bo‘lsa  davolashga kirishiladi. It veterinariya xizmatiga keltirilgandan  so‘ng avvalo itning umumiy holati tekshiriladi. Bunda og‘zi, burni, qulog‘i, panjalari va tana a’zolari ko‘rikdan o‘tkazilib nafas olishi, yurak urishi hamda  tana harorati o‘lchanib,  veterinar tekshiruvi yakunida itda kasallik tashxisi qo‘yiladi va shundan so‘ng davolash rejasi tuziladi.

Kerakli va zaruriy dori-darmonlar nomlari va miqdorining  ro‘yxati it egasiga beriladi va it egasi ishtirokida keltirilgan zaruriy dori vositalari itga o‘tkazilib muolajaa ishlari amalga oshiriladi. Davolash profilaktika ishlarining davomiyligi itning kasallik tashxisiga qarab it egasi bilan kelishilgan  holda belgilanadi.

 Hurmatli fuqarolar, Samarqand viloyat IIB  kinologiya bo‘linmasining malakali veterinar shifokor va feldsheri tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni ularning murojaatlariga asosan vaqtincha saqlash va veterinariya davolash profilaktika ishlarini amalga oshirish bo‘yicha pullik xizmatlar yo‘lga qo‘yilganligini ma’lum qilamiz.


Text to speech