9 Iyul 2024 yil 2184

Faxriylar hayoti yoshlarga ibrat

Xalqimiz azaldan o‘z ajdodlarining aqliy salohiyati, iste’dodi, ibratli umr yo‘llari bilan faxrlanib kelgan. Har bir sohadagi mehnat faxriylariga hurmat, ehtirom ko‘rsatilib, ularning fidokorona xizmatlari e’tirof etiladi.

Samarqand viloyati IIB tashabbusi bilan iste’fodagi mayor Nuriddin Najmiddinov xonadonida «Uy muzeyi» tashkil etildi.

Najmiddin Nuriddinov 1966-yildan 1991-yilgacha ichki ishlar organlarida mas’ul vazifalarda faoliyat olib borgan.

Uy-muzeyida sobiq mayorning xizmat faoliyatiga oid fotosuratlar, ilmiy kitoblar, faxriy yorliqlar o‘rin olgan.

Uy-muzeydan joy olgan bu ashyolar ichki ishlar tizimida kechagi kun bilan bugungi kunda yaratilgan sharoitlarlarni taqqoslashda amaliy namunadir.

Mehmonlar uy-muzey bilan tanishar ekan, u endilikda yosh xodimlar uchun ibrat maktabi bo‘lishini ta’kidlashdi.

Text to speech