30 Sentyabr 2024 yil 855

Faxriylarga ehtirom ko‘rsatildi

Azaldan makon va zamon, olam va odam, inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni shakllantirishga, avlodlar davomiyligini, insoniyat kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi ezgu tushunchalar silsilasida muallimlik rutbasi doim yuksak va qadrli bo‘lib kelgan. 

1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ichki ishlar organlarida xizmat qilib, bugun keksalik  gashtini surayotgan faxriylar  viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi tomonidan samimiy muborakbod etildi.


Dastlab faxriylar Samarqandning diqqatga sazovor maskanlariga sayohat qilishdi.

Samarqand shahridagi muhtasham bazmgohda tashkil etilgan bayram tadbiriga uzoq yillar ichki ishlar organlarida faoliyat olib borgan soha faxriylari taklif etilib, ularning fidokorona mehnatlari e’tirof etildi.  Ularga Vazirlik rahbariyatining bayram tabrigini ham yetkazdi. Shuningdek, Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan taqdirlangan faxriylarga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.


Bir piyola choy ustida kechgan bayram doirasida faxriylar o‘z ishlagan davrlarini eslab, tengdoshlari bilan dildan suhbat qurishdi.


Xushovoz xonandalarning diltortar qo‘shiqlari, jozibali raqslar  barchaga  ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 

 

Text to speech