Fermer xo‘jaligiga qarashli 3 gektar yer maydonini 70 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX tomonidan Nurobod shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.
1962-yilda tug‘ilgan, fermer xo‘jaliklaridan birining rahbari, Nurobod tumanida yashovchi X.L. va uning hisobchisi fuqaroga Nurobod tumani Do‘stlik MFYda joylashgan fermer xo‘jaligiga qarashli 3 gektar yer maydonini 70 ming AQSH dollariga sotishini hamda tuman hokimligi va kadastr bo‘limidagi tanishlarini moddiy manfaatdor etish orqali uning nomiga hujjat rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 35 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.