Fozil Yo’ldosh mahallasida ommaviy sayyor qabul o’tkazildi
Bulung’ur tumani Fozil Yo`ldosh mahallasida Samarqand viloyat IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatovning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo’lib o’tdi.
Sayyor qabul avvalida viloyat IIB boshligʻi tomonidan 16 yoshga to’lgan va ilk bor katta hayotga qadam qo’yayotgan 10 nafar yoshlarga ID-kartalar topshirilib, ularning kelgusi hayotiga omad tilandi.
Qabul davomida bildirilgan barcha murojaatlar shu joyning o’zida tegishli soha mutasaddilari va murojaatchilar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilab olindi.
Qabul so’ngida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 341-sonli Qarorga asosan 2 nafar yoshlarga noutbuk va printer topshirildi.
Shundan so`ng, viloyat IIB boshligʻi tuman hokimi hamrohligida mahallada bunyod etilgan Fozil Yo’ldosh nomidagi muzeyda bo’lib, bu yerdagi eksponatlar, baxshi-shoirning hayoti va ijodi bilan tanishdi.
Bulung`ur tumani hokimligi Axborot xizmati