12 Avgust 2025 yil 189

Fuqarolarga turli tuxmatlar uyushtirib, ularga ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazib kelayotgan shaxslar qo‘lga olindi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Payariq tuman IIB xodimlari tomonidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 1983-yilda tug‘ilgan, muqaddam  5 marotaba JKning 104, 277, 109 va 219-moddalari bilan sudlangan fuqaro Jaxongir Abduraximov o‘zining jinoiy sherigi 1996-yilda tug‘ilgan muqaddam JKning 169-moddasi bilan sudlangan, fuqaro Bobur Abidov bilan birgalikda jinoiy yo‘l bilan moddiy daromad orttirish maqsadida, fuqarolargp turli tuxmatlar uyushtirib, ularga ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazib kelayotganligi to‘g‘risida tezkor ma’lumotlar olingan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, Jaxongir Abduraximov o‘ziga tegishli MChJ binosida “ofis” qilib olib, tumanda yashovchi fuqarolarni turli tuxmatlar bilan ushbu ofisga olib kelib, ularni yalongochlab, urib-do‘pposlab, ushbu holatini videotasvirga olganligi, ushbu videotasvirlarni turli ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborish bilan taxdid qilib, jabrlanuvchilarni qo‘rqitib kelganligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qo‘lga olingan fuqaro Bobur Abidovning yoni qo‘zdan kechirilganda uning yonida og‘irligi 3 gramma yaqin bo‘lgan giyoxvandlik vositasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olidi. Shuningdek unga tegishli bo‘lgan telefon apparati xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, telefon xotirasida Abduraximov va Abidovlar tomonidan fuqarolarni zajirlar bilan urib, taxqirlangan holati yozib olingan videotasvir mavjud ekanligi aniqlandi.

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, Adburaximov ham qo‘lga olindi. Uning “ofisi” ko‘zdan kechirilganda, bu yerda fuqarolarni qiynash uchun saqlab kelingan metall zanjir va boshqa vositalar mavjudligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olindi.

Holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 112, 276, hamda 277-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar agarda siz yuqorida ko‘rsatilgan shaxslardan jabrlangan bo‘lsangiz, Ichki ishlar organlariga yoki “102” raqamiga qo‘ng‘iriq qilishingiz so‘raladi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati


Text to speech