Fuqarolarimizga xizmat ko‘rsatish sharaf
Shaxboz Toshpo‘latov yoshligidan ichki ishlar xodimi bo‘lishga qiziqardi. Qiziqishlar uni shu kasb egasi bo‘lish sari yetakladi. Orzular ro‘yobga chiqadigan palla tobora yaqinlasha boshladi.
2014-yil O‘zbekiston milliy universitetining Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi fakultetini tamomladi. O‘sha yili Shaxboz Toshpo‘latov ichki ishlar organlari saflariga qabul qilindi.
O‘tgan davr mobaynida u Toyloq, Qo‘shrabot tumanlari Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi katta mutaxassisi vazifalarida xizmat olib bordi.
2022-yildan bugunga qadar Payariq tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi katta mutaxassisi vazifasida ishlab kelmoqda.
Ikki farzandning otasi, kapitan Shaxboz Toshpo‘latov tizim rivoji uchun bor kuch-g‘ayrati bilan o‘z xizmat vazifasini davom ettirmoqda.