17 Fevral 2023 yil 741

Fuqarolarni noqonuniy ravishda Meksika orqali AQSHga joʻnatuvchi shaxslar qoʻlga olindi

Huquqni muhofaza qilish organlariga fuqaro ariza bilan murojaat qilib, Samarqand shaxrida yashovchi “J” ismli shaxs firibgarlik yoʻli bilan noqonuniy tarzda AQSH davlatiga joʻnatish ishlari bilan shugʻullanib kelayotganligi, hozirda Yevropa davlatlari orqali Meksika davlatiga, shundan Amerika qoʻshma shtatlariga olib oʻtishligini vaʼda qilib, har bir shaxs uchun 27.000 AQSH dollar miqdorida pullarni soʻrab, oldindan hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 10.000 AQSH dollari miqdorida pullarni talab qilib kelayotganligini maʼlum qilgan.

Mazkur arizaga asosan, 2023-yil 10-fevral kuni Samarqand shahrida tezkor tadbir oʻtkazilib, ikki nafar shaxslar ariza muallifidan 10.000 AQSH dollarini olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan ushlandi hamda ulardan 8 dona xorijga chiqish fuqarolik pasportlari, 4 dona fuqarolik pasportlari hamda ushbu (shaxslarga tegishli xorijga chiqish uchun) toʻplangan hujjatlar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan M.X. va Sh.Sh.larga nisbatan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech