Fuqarolarni oliygohga kiritib qo‘yish evaziga 1000 AQSH dollari talab qilgan shaxs qo‘lga olindi
1999-yilda Ishtixon tumanida tug‘ilgan, mazkur tumandagi maktablarning birida o‘qituvchlik qilib kelayotgan fuqaro N.A. o‘z mansab faoliyatidan foydalangan holda 2 nafar fuqarolarni Samarqand viloyatida ochilishi rejalashtirilgan “Nukus Innovasion Instituti” nomli xususiy oliygohning 2-bosqichidan o‘qishga kiritishni va’da qilib, ulardan 500 AQSH dollaridan, jami 1000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larini talab qilgan.
DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda prokuratura huzuridagi Departamenti xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, N.A. ikki nafar fuqarolardan firibgarlik yo‘li bilan 1 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.