Fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, har qanday noxush holatlarning oldini olish borasida ham kerakli maslahat va tavsiyalar berildi
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati rahbar va xodimlari ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda so‘z olgan viloyat IIB rahbariyati xizmat jarayonlarida xodimlarning o‘z ishiga munosabati, ayniqsa yosh xodimlarning xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etishi hamda xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi lozimligiga to‘xtalib o‘tdi.
Fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, har qanday noxush holatlarning oldini olish borasida ham kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.
Xizmat vazifasini sidqidildan bajaradigan, halol va jasur, o‘z qasamyodiga sodiq ichki ishlar xodimlariga minnatdorchilik bildirilgan bo‘lsa, kamchilikka yo‘l qo‘yganlar ogohlantirildi.