24 Aprel 2024 yil 22

"Funksional ko‘pkurash" bo‘yicha Dinamo birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi

Samarqand viloyatidagi huquq-tartibot organlari xodimlari o‘rtasida sportning "Funksional ko‘pkurash" turi bo‘yicha Dinamo birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi. 

Musobaqaning jamoaviy bahsida 1-o‘rin Samarqand viloyati IIB TVBSO jamoasiga, 2-o‘rin viloyat IIB terma jamoasiga va 3-o‘rin Milliy gvardiya harbiy qismi jamoasiga nasib etdi.

Yakkalik bahslarda 1-o‘rin Samarkand viloyati IIB xodimi Z.Nafasovga, 2-o‘rin FVB xodimi B.Otakulov va 3-o‘rin viloyat IIB xodimi B.Amanovlarga nasib etdi. 

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech