Fuqaroning yashash uyidan tilla taqinchoqlarini oʻgʻirlab ketgan shaxs qoʻlga olindi
2022-yil 02-yanvar kuni Samarqand shahar Amir Temur koʻchasida yashovchi, fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 01-yanvar kunidan 02-yanvar kuniga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs uning yashash uyiga kalit tanlash yoʻli bilan gʻayriqonuniy ravishda kirib, yashash uyi yotoqxonasidagi javon ichdan jami bahosi 10.000 AQSH dollariga teng tilla taqinchoqlarini va 300.000 soʻm miqdoridagi pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib ketganligini maʼlum qilib, ushbu nomaʼlum shaxslarni topishda amaliy yordam soʻragan.
Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB 5-sonli IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida mazkur oʻgʻrilik jinoyatini Samarqand tumani “Qoziariq” MFYda yashovchi, 1981-y.t. S.A. sodir qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati