12 May 2024 yil 1137

Geroin manzilga yetmadi

2024-yil 20-aprel kuni, Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati JQB, viloyat DXX va Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Narpay tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Urgut tumanida yashovchi, 1967-yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti va 1982-yilda tug‘ilgan X.Sh.ning boshqaruvidagi Lacetti-2 rusumli, avtomashinalar Narpay tumani hududidan o‘tuvchi  M-37 yo‘lida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda, avtomashina salonidan og`irligi taxminan 300 grammga teng bo‘lgan geroin giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi va 246-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg'atilgan.

Text to speech