15 Mart 2024 yil
281
Giyohvandlikka qarshi kurash borasidagi tadbirlar
Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tezkor xodimlari tomonidan Samarqand shahar “Rasadxona” mahallasi hududida 1966-yilda tug‘ilgan S.J. va 1965-yilda tug‘ilgan U.O. lar to‘xtatilib xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ularning avtomashinasidan 40 gr. miqdoridagi opiy giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.