11 Yanvar 2022 yil 816

Giyohvandlik moddalarining noqonuniy muomalasiga qarshi Samarqand shahrida aniqlangan holatlar

2022-yil 10-yanvar kuni soat 14.00larda Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB 7-son IIB hamda viloyat IIB YXXB xodimlari tomonidan Samarqand shahar Registon koʻchasida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Urgut tumani Ilonli MFY Nisbot qishlogʻida yashovchi, 1998-y.t. N.X. 8,17 gramm miqdordagi “marixauna” giyohvandlik vositasini “Gʻ” ismli shaxsga sotgan vaqtida ushlanib, hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Shuningdek, shu kuni Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB 4-son IIB xodimlari tomonidan Samarqand shahar Roʻdakiy koʻchasida Payariq tumani Chelak shahri F.Yoʻldoshev koʻchasida yashovchi, 1981-y.t. N.I.ning yoni xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganda, choʻntagidan yelimdan yasalgan kuticha ichida ogʻirligi 4,62 grammga “marixuana” giyohvandlik moddasi topilib, hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech