Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining bir yuz o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining bir yuz o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat 3-sektori rahbari, viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Raxmat Mamatov ishtirok etdi.
Sessiyada tuman sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
O‘tgan davr mobaynida tumanda amalga oshirilgan islohotlar, aholi farovonligini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda tumandagi har bir hududni xavfsiz maskanga aylantirish kabi masalalar deputatlar e’tiborida bo‘ldi.
Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning mas’uliyatini oshirish borasida qilingan ishlarga ham e’tibor qaratildi.