22 May 2024 yil 1715

Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashining 97-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashining 97-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov ishtirok etdi.

Unda tuman sektor rahbarlarining aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, doimiy yashash manzilidan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod tajriba”sini joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Sessiyada ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tuman kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi. 

Text to speech