22 May 2024 yil 1743

Xalq deputatlari Urgut tuman Kengashining 142-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Urgut tuman Kengashining 142-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov ishtirok etdi.

Unda tuman sektor rahbarlarining aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, doimiy yashash manzilidan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod tajriba”sini joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi. 

Sessiyada muhokama qilingan barcha masalalar xususan, tumanda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish hamda yil yakuniga qadar tumandagi 120 ta mahallada jinoyatchilikni jilovlab, uni ikki karra qisqartirish bo‘yicha tizim yaratish, aholi muammolarini hal etish samaradorligini oshirish maqsadida mahalla fuqarolar yig‘inlarida sayyor qabul va yoshlar uchrashuvlarini tashkil etish, mehnat migratsiyasidan qaytganlar, kasb-hunarga o‘qitish kurslarini tamomlaganlar bilan manzilli ishlash va doimiy bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish yuzasidan tuman kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Text to speech