Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari 99-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari 99-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Rahmat Mamatovning aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi tomorqasidan unumli foydalanish orqali daromadini oshirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida 3-sektorda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.
Shuningdek, aholining kayfiyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning mas’uliyatini oshirish yo‘nalishida olib borilgan ishlar natijadorligi xususida ham ma’lumot berildi.