10 Mart 2024 yil 1082

Xalqaro hamkorlik

Joriy yilning 7-8-mart kunlari Turkiya milliy polisiya akademiyasi Yo‘l harakati xavfsizligi instituti boshlig‘i Shenol Yaprak boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Mehmonlarga viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik E.Alkarov hamrohlik qildi. 

Mehmonlar viloyat IIB Situasion markaziga tashrif buyurishib, bu yerdan Samarqand shahridagi yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolar va jamoat xavfsizligini ta’minlashda kuch va vositalarni boshqarish borasida sohaga jalb qilingan zamonaviy axborot texnologiyalari bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, tashrif doirasida mehmonlar Samarqandning turistik va tarixiy ob'ektlari bilan tanishishdi.

Text to speech