30 May 2025 yil
256
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar davomida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi
Viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbar va xodimlari hamda barcha tuman-shahar IIB shaxsiy tarkibi ishtirokida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar davomida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash borasida zarur topshiriqlar berildi.