26 Iyul 2025 yil 2334

Samarqand viloyati IIBning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida keng qamrovli obodonlashtirish va tozalik ishlari amalga oshirildi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda unga qarashli tarkibiy tuzilmalar va sohaviy xizmatlar tomonidan keng qamrovli obodonlashtirish va tozalik ishlari amalga oshirildi. Hududda o‘tkazilgan umumhashar jarayonida ma’muriy binolar atrofi, ichki yo‘laklar hamda yondosh maydonlar obodonlashtirilib, yanada ko‘rkam qiyofa kasb etdi.

Boshqarma va unga qarashli barcha tuzilmalardagi ma’muriy binolarning hovlisida katta hajmdagi tozalash ishlari olib borildi. Xodimlar tomonidan joylar supurib-sidirildi, bog‘lar tozalandi. Daraxtlarning tubi oqlanib, begona o‘tlar tag-tomiri bilan chiqarib tashlandi. Shu bilan birga, har bir daraxtning tagiga obi hayot quyilib, yashil maydonlarga alohida e’tibor qaratildi.

“Yurt obod — ko‘ngil obod”, degan ezgu shior asosida o‘tkazilgan mazkur tadbir ichki ishlar organlari xodimlarini yanada mas’uliyatli va mehnatsevar bo‘lishga undadi. Hashar jarayonida kuzatilgan jipslik va birdamlik nafaqat atrof muhitni ozoda qilish, balki jamoaviy ruhni mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etdi.


Text to speech